Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«So‘g‘diyona» - «Dinamo» o‘yinidagi 90+6-daqiqada belgilangan penalti bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi rasmiy xulosasi: «Hakamning qarori noto‘g‘ri»

«So‘g‘diyona» - «Dinamo» o‘yinidagi 90+6-daqiqada belgilangan penalti bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi rasmiy xulosasi: «Hakamning qarori noto‘g‘ri»

Baho:
+ | -

Superliga 20-turi doirasida Jizzaxda o‘tgan «So‘g‘diyona» - «Dinamo» (1:1) uchrashuvidagi hakamlik bo‘yicha «Dinamo» PFK O‘zbekiston futbol Hakamlari markaziga shikoyat xati kiritgan edi.

Bugun, 28 avgust kuni O‘zFHM «Dinamo» PFKga rasmiy xat yo‘llab, Jizzaxdagi o‘yindagi hakamlik Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra:

Uchrashuvning 3-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayevning raqib futbolchisi Filip Ivanovich tomonidan yiqitilgan vaziyatida hakamlarning 11 metrlik jarima zarbasi belgilamagani to‘g‘ri qaror deb topilgan. Shuningdek, 9, 11, 31, 75-daqiqalardagi vaziyatlarda ham bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi. 90+3-daqiqada Richard Fraydeyga nisbatan raqib o‘yinchisi tomonidan to‘psiz holatda qo‘pollik qilingani esa jarima to‘piga (kartochkasiz) asos bo‘lishi keltirilgan.

O‘yindagi kulminasion voqea – 90+6-daqiqada Oleksandr Kucherenko va raqib o‘yinchisi Shohrux Abdurahmonov jarima maydoni ichida to‘p uchun kurashgan vaziyatdagi bosh hakamning VARga murojaat qilib, penalti belgilash qarori esa Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan noto‘g‘ri deb topildi. Bu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilmagani va to‘p uchun kurash bo‘lgani ta’kidlangan.

Hakamlar markazi direktori vazifasini bajaruvchi Ma’mur Saidqosimov imzosi bilan yuborilgan javob xatida qayd etilishicha, «So‘g‘diyona» - «Dinamo» o‘yinidagi hakamlarning qarorlari o‘rganib chiqilib, tegishli jazo chorasini ko‘rish uchun hakamlar qo‘mitasiga oshirilgan.

Reglamentning 23-bob, 7-bandiga binoan, shikoyat Ekspert-hakamlar qo‘mitasida ko‘rib chiqilishi uchun «Dinamo» PFK O‘zPFL hisob raqamiga 10 million so‘m o‘tkazgandi. Shikoyatda keltirilgan tafsilotlar asoslanganligidan kelib chiqsak, reglamentning 23.8-bandiga muvofiq, bu mablag‘ klub hisob raqamiga qaytariladi.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:45, 28.08.2025.
O'qildi: 2450 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.