Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Temur Kapadze Pablo Bentuning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi

Temur Kapadze Pablo Bentuning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Temur Kapadze milliy jamoamizga Pablo Bentuning tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Ayni paytda terma jamoamiz bilan "Do‘stlik"dagi yangi bazamizda mashg‘ulotlarni o‘tkazyapmiz. Pablo Bentuning Toshkentga kelganini ko‘rdik. Ushbu murabbiy bilan qanchalik kelishuvga erishilganidan xabarimiz yo‘q. Hammamiz uchun eng asosiysi — Vatan jamoasi. Agar Bentu boshqaradigan bo‘lsa, xayrli bo‘lsin, deyman. Biz hamisha milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu yerdagi shunchaki nom uchun emas, bosh murabbiy kim bo‘lishidan qat’i nazar Vatan jamoasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ha birimiz jamoamizga muxlislik qilishimiz kerak.

Internet tarmoqlaridagi turli gap-so‘zlarni ko‘ryapman. Meni qo‘llab-quvvatlayotganlarga rahmat aytaman. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin.

Rahbariyat, tajribali, jahon chempionatini ko‘rgan murabbiy bilan birga ishlash niyatida. Balki, bu yaxshilikka bo‘lishi mumkin. Jahon chempionatida orttirilgan tajriba ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Biz ham qo‘ldan kelgancha har doim yordamlashamiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Nima bo‘lganda ham, meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Rahbariyat qanday qaror qabul qilsa, buni qo‘llab-quvvatlash kerak. Buni jiddiy tanqid qilish kerak emas. Jahon chempionatiga ko‘p vaqt qolmadi. Biz Mundialda ilk marta ishtirok etamiz. Aksincha, futbolchilarga yaxshi energiya va yaxshi kayfiyat berishimiz zarur.

Xudoga shukur, qisqa vaqt davomida bo‘lsa ham Milliy jamoani boshqardim. Xalqimizning 34 yillik orzusi amalga oshdi. Bundan barchamiz xursandmiz. O‘ylaymanki, yaxshilikka bo‘ladi. Muhimi — terma jamoamiz kuchli bo‘lsin, o‘z o‘rniga ega bo‘lsin, xalqimiz bundan xursand bo‘lsin", — dedi Kapadze.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:05, 29.08.2025.
O'qildi: 6093 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик