"Marsel" "Bornmut" futbolchisi Hamid Traoreni ijaraga oldi.
Ijara shartnomasi bir mavsumga mo‘ljallangan, provansliklar futbolchini sotib olish huquqiga ega.
Traore 25 yoshda, joriy mavsumda u "Bornmut" tarkibida bitta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
U 2023 yilning yozida "giloslar" safiga qo‘shildi, ammo o‘shandan beri Hamid ikki marta ijaraga olingan. Avval “Napoli”ga, keyin esa “Oser”ga.













