Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga. “Dinamo” — “Andijon” o‘yini 15-noyabr kuni o‘tkaziladi

Superliga. “Dinamo” — “Andijon” o‘yini 15-noyabr kuni o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Superliga 21-tur bellashuvlari sanasi iyul oyida e’lon qilingan bo‘lib, bunda “Nasaf” va “Andijon” klublarining xalqaro maydonda ishtirok etishi inobatga olingandi.

25-avgust kuni esa “Dinamo” mazkur turdan o‘rin olgan va 11-sentyabrga belgilangan “Andijon”ga qarshi bellashuvni boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qildi. “Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 10.9-bandiga ko‘ra, olimpiya terma jamoasiga uch va undan ko‘p futbolchisini taqdim etayotgan klub uchrashuv sanasini boshqa kunga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqli. O‘FA rasmiy sahifalari 25-avgust kuni Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan olimpiyachilarning Osiyo kubogi saralashida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan tarkibini e’lon qildi. Undan esa “Dinamo” klubining 4 futbolchisi: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Mahmudjon Mahamadjonov va Oybek O‘rmonjonov joy olgan.

Biroq reglamentning 15.8-bandida klubda o‘yin sanasini o‘zgartirish zarurati vujudga kelsa, u rasmiy uchrashuv sanasi startiga 20 kun qolguniga qadar Ligaga murojaat qilishi lozimligi ko‘rsatilgan. “Dinamo” O‘FA olimpiyachilarning yakuniy tarkibini rasman e’lon qilishi hamonoq Ligaga xat yo‘lladi. Shundan kelib chiqib, Liga “Dinamo”dagi vaziyatni to‘g‘ri tushundi. Ammo 17-sentyabr kuni safarda “Arkadag‘” bilan o‘yin o‘tkazishi aniq bo‘lgan “Andijon” klubi ham o‘z rejalarini allaqachon ishlab chiqqan bo‘lib, klub Samarqanddagi o‘yin va u bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni ham to‘liq hal qilib qo‘ygandi. Shundan kelib chiqib, andijonliklar “Dinamo” taklifiga ko‘ra Superliga o‘yinini bir kun keyinga ko‘chirishga rozi bo‘lmadi.

“Andijon”ning xalqaro maydon va Superligadagi ishtirokidan bo‘sh turgan faqatgina ikki oraliq haftaligi mavjud. Biroq uning birinchisida “Dinamo” mamlakat kubogi doirasidagi o‘yinda ishtirok etadi. Ikkinchisiga esa O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi belgilangan bo‘lib, “Dinamo” 29-oktyabr kuni uning doirasida maydonga tushishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Liga klublarga ikki taklif berdi: uchrashuvni avvaldan belgilangandek 11-sentyabr kuni o‘tkazish yoki terma jamoalarga klublarning futbolchilari ehtimoliy jalb etilishidan qat’i nazar, bellashuvni FIFA kunlaridan birida o‘tkazish. “Dinamo” oktyabr oyidagi FIFA kunlari uchun o‘z rejalarini ishlab chiqqan. Shundan kelib chiqib, har ikki klub noyabr oyidagi FIFA kunlarida maydonga tushish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Endilikda Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Andijon” o‘yini 15-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:27, 29.08.2025.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.