Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turida "Al-Ittihod" safarda "Al-Ohdud"ni yirik 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
Jiddaliklar safida Karim Benzema xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Bergveyn 1 ta gol urdi. Yana bir golni Al-Rubai o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Mezbonlar safida Xuan Pedrosa dubl muallifi bo‘ldi.
"Ittihod" ikkinchi turda "Al-Fateh"ni qabul qiladi. "Al-Ohdud" "At-Taavun"ni qabul qiladi.













