"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikdan Fermin Lopesning jamoani tark etishi mumkinligi haqida so‘rashdi.
22 yoshli futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
"Fermin haqida gapirmayman. U qolish-qolmasligini transfer oynasi yopilganda ko‘ramiz. Hamma jamoaga 100% sodiq bo‘lishi kerak.
Egoizm muvaffaqiyatning dushmani", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.













