Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Milan" yarim himoyachisi so‘nggi olti yilda ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi

"Milan" yarim himoyachisi so‘nggi olti yilda ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi

Baho:
+1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Uning chaqiruvi "Kristal Pelas" futbolchisi Adam Uorton yakshanba oqshomida "Aston Villa" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) paytida jarohat olganidan keyin amalga oshdi.

29 yoshli Loftus-CHik Angliya terma jamoasi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq 2018 yilning noyabridan buyon terma jamoa safida maydonga tushmagan. 2019 yil mart oyida u so‘nggi bor termaga jalb qilingan.

Loftus-CHik avvalroq Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘l ostida "Chelsi"da birga ishlaganida o‘ynagan. Yarim himoyachi Tuxel iste’foga chiqarilganidan bir necha oy o‘tib, "Stemford Brij"ni tark etdi va 2023 yilning yozida to‘rt yillik shartnoma asosida "Milan"ga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya JCH-2026 saralashida 6 sentyabr kuni o‘z maydonida Andorraga qarshi, 3 kundan so‘ng esa safarda Serbiyaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 17:01, 02.09.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.