Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Atletik» Emerik Laportning «An-Nasr»dan transferi amalga oshmagani haqida bayonot berdi

«Atletik» Emerik Laportning «An-Nasr»dan transferi amalga oshmagani haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubi o‘z rasmiy saytida himoyachi Emerik Laportning «An-Nasr»dan transferi amalga oshmay qolgani yuzasidan rasmiy bayonot chiqardi. Avvalroq, tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchining basklar klubiga qaytishi Saudiya klubining hujjatlarni o‘z vaqtida yubormagani sababli amalga oshmay qolgani xabar qilingan edi.

«FIFA hozircha Xalqaro transfer sertifikati (CTI)ni rasmiylashtirishni rad etdi, shuning uchun Laport «Atletik»ka ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas.

«Atletik» o‘z a’zolari va muxlislariga ma’lum qiladiki, Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) FIFAga Saudiya Arabistoni futbol federasiyasidan Laportning o‘tishi uchun CTI olish maqsadida murojaat qilgan, ammo rad javobi olgan».

Hodisalar xronologiyasi:

1. 1 sentyabr kuni, transfer oynasi doirasida, Laport, «An-Nasr» klubi va «Atletik» o‘yinchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

2. O‘sha kuniyoq «Atletik» FIFAning TMS platformasiga (transferlarni muvofiqlashtirish tizimi) so‘rov yuklab qo‘ydi, ammo klubga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jarayon to‘liq yakunlanmadi.

3. 2 sentyabr kuni RFEF FIFAga maxsus holat sifatida belgilangan tartibga istisno qilish, Saudiya Arabistoni futbol federasiyasidan CTI olish va futbolchini «Atletik»ka ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovi bilan murojaat qildi.

4. 3 sentyabr kuni RFEF «Atletik»ni FIFA ushbu so‘rovni rad etgani va hozircha CTI olish imkoni yo‘qligi haqida yozma ravishda xabardor qildi.

«An-Nasr» klubi, futbolchi va «Atletik» o‘rtasidagi kelishuvni amalga oshirish ustida ishni davom etmoqda va amaldagi qonun doirasida barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda. Agar o‘tish amalga oshmasa, avval erishilgan kelishuvlar kuchini yo‘qotadi va klub moliyaviy majburiyatlarga duch kelmaydi — bu «Atletik», «An-Nasr» va futbolchi o‘rtasidagi shartnomalarda belgilangan shart hisoblanadi. «Atletik» ochiqlikka sodiqligini ta’kidlaydi va barcha yechim yo‘llari tugagach, keng qamrovli izoh taqdim etishga va’da berdi», — deyiladi bayonotda.

Emerik Laport 2018 yil yanvar oyida «Atletik»ni tark etib, 65 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. 2023 yilning avgust oyida esa ispaniyalik himoyachi «An-Nasr» klubiga ko‘chib o‘tdi. U yerda portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu ham to‘p suradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:12, 04.09.2025.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.