Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Fernandu Santush: «Qaysi murabbiy o‘zi xohlab iste’foga chiqqan?»

Fernandu Santush: «Qaysi murabbiy o‘zi xohlab iste’foga chiqqan?»

Baho:
+ | -

Ozarbayjon milliy jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Islandiyaga (0:5) qarshi o‘yinga munosabat bildirdi.

"Biror marta o‘z xohishingiz bilan iste’foga chiqqanmisiz? Yo‘q. Hozir iste’fo haqida o‘ylayapmanmi? Yo‘q. Mening amaldagi shartnomam bor. Bu yerda imkon qadar ko‘proq ishlashga harakat qilaman. Shartnomaga hurmat bilan qarayman. Futbolda murabbiyni ayblash oson. Hamma jazolanishi kerak. Murabbiy ham, futbolchilar ham aybdor. Umid qilamanki, men va futbolchilar keyingi o‘yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz. Nega men iste’foga chiqishim kerak? O‘zi ketadigan murabbiyni ko‘rsating. Agar ular men noto‘g‘ri ish qilayotganimni ko‘rishsa, men bilan gaplashib, bu masalani hal qilishlari kerak," - deya Santushning so‘zlarini keltiradi Azerisport.

70 yoshli portugaliyalik 2024 yil yozidan beri Ozarbayjon terma jamoasiga ustozlik qilmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 11 ta o‘yinda 9 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.

Kiritildi: 13:20, 06.09.2025.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.