Kirish Ro'yxatdan o'tish

France Football bo‘lajak "Oltin to‘p" marosimi fonida "Real" bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda

France Football bo‘lajak "Oltin to‘p" marosimi fonida "Real" bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda

Baho:
+ | -2

France Football "Real" bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi "Man Siti" yarimhimoyachisi Rodriga topshirilgach, mojaro bilan yakunlangandi. Sovrin Vinisiusga nasib etmaganidan xabar topgan "Real" o‘z delegasiyasining Parijga borishni bekor qildi va sovrin tashkilotchilari bilan munosabatlarni uzdi.

Marca xabariga ko‘ra, France Football so‘nggi oylarda "Real" bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda. Fransiya delegasiyasi 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi marosim oldidan o‘zaro kelishuvga erishish maqsadida Madridga kelgan. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Qayd etilishicha, "Real" o‘tgan marosimda nima bo‘lganini, ayniqsa, ovozlarni hisoblash tizimi va ularni qo‘llash mezonlari nima sababdan o‘zgartirilganini haligacha tushunmayapti.

Kiritildi: 15:59, 09.09.2025.
O'qildi: 1308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик