"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku darvozabon Janluiji Donnarumma haqida fikr bildirdi.
Italiyalik darvozabon yakshanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda "shaharliklar" safida debyut qildi.
"Donnarumma juda baland va havoda yaxshi - bu burchak zarbalarida yordam beradi. Sen har doim uning chiqib, to‘pni qo‘llari bilan urib yuborishiga ishonch hosil qilishing mumkin. Men u uchun xursandman. Debyut o‘yindagi derbidagi quruq g‘alaba - menimcha, u juda mamnun," - deya Dokuning so‘zlarini keltiradi City Report.













