Koul Palmer Chempionlar Ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda (1:3) asosiy tarkibda maydonga tushib, "Chelsi" safida barcha musobaqalardagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi. U ushbu bahsda "ko‘klar"ning yagona goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Palmer 2023 yilgi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o‘tgandi. U "aristokratlar" safida barcha musobaqalarda 45 ta gol va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













