"Liverpul"ning argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Makallister o‘z vatandoshi Lionel Messi va portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi.
"Men Ronalduni juda hurmat qilaman; u fantastik futbolchi. Men uni dunyoning eng yaxshilari orasida ikkinchisi deb bilaman.
Leo Messi mening birinchi raqamim bo‘lib qolmoqda. Unga o‘xshagan boshqa futbolchi hech qachon bo‘lmaydi", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi TNT Sports.













