Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Barselona" yulduzlaridan biri "PSJ"ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi kutilmoqda

"Barselona" yulduzlaridan biri "PSJ"ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tez orada safga qaytishi mumkin. 21 yoshli futbolchi tizza muammosi tufayli o‘yinlarda ishtirok etmayotgan edi. Hatto jarrohlik amaliyoti haqida ham gap ketayotgandi - agar jarrohlik o‘tkazilganda, kataloniyaliklar uzoq vaqt davomida yarim himoyachidan foydalana olmasdi. Jurnalist Xavi Migelning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Gavining ahvoli ancha yaxshilangan: tizzasidagi og‘riq yo‘qolgan, shu sababli operasiya ehtimoli past.

Taxminlarga ko‘ra, futbolchi taxminan ikki haftadan so‘ng - aynan Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ikkinchi tur o‘yini "PSJ"ga qarshi o‘yin vaqtigacha to‘liq tiklanadi. Biroq, "Barselona" ehtiyotkorlikni saqlab, voqealarni tezlashtirishni xohlamayapti.

"Ko‘k-anorlilar"ning "PSJ"ga qarshi bahsi 1 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:42, 20.09.2025.
O'qildi: 1466 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик