Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Gavi bo‘yicha bayonot berdi

"Barselona" Gavi bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Gavining holati haqida bayonot berdi.

21 yoshli Gavi o‘ng tizzasining ichki menisk jarohati bo‘yicha konservativ davolanishni tugatgandan so‘ng, intensiv stress testlaridan o‘tdi.

"Eng yaxshi tiklanishni ta’minlash uchun Gavi seshanba kuni klubning tibbiy shtabi nazorati ostida doktor Joan Karles Monlyau tomonidan artroskopik tekshiruvdan o‘tkaziladi," - deyiladi bayonotda.

Jarayon yakunlangach, "Barselona" alohida press-reliz e’lon qilishga va’da berdi.

Gavi oxirgi marta "Barselona"da deyarli bir oy oldin - 23 avgust kuni o‘ynagan edi.

Kiritildi: 17:55, 22.09.2025.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик