"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Barselona" xavbeki Pedrining "Nyukasl"ga qarshi o‘yindagi (2:1) harakatlaridan hayratda qoldi.
"Nyukasl"ga qarshi o‘yinda Pedri xuddi Xavi va Inyestaning qorishmasidek harakat qildi. U bu o‘yinni butunlay o‘z nazoratiga oldi. Bu yerda oyoqlar haqida emas, balki miyaning o‘zi haqida gapiryapmiz. Hammasi aqlda", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.













