Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Santyago Ximenes: «Joriy mavsum Skudettoni olsak, bas»

Santyago Ximenes: «Joriy mavsum Skudettoni olsak, bas»

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan jiddiy islohotlarga yuz tutgan «Milan»ning maqsadlari ancha katta. Jamoaga jalb etilgan tajribali murabbiy va futbolchilar salohiyati ham barchasini ko‘rsatib turibdi. Jumladan, meksikalik Santyago Ximenes yangi mavsumga katta umid bog‘lamoqda. «Rossonerlar» safidagi eng istiqbolli futbolchilardan biri sifatida tilga olinayotgan hujumchi Sky Sport jurnalistlari bilan suhbat chog‘i «A» seriya bosh sovrini - skudettoni ko‘zlayotganini yashirib o‘tirmadi. U shuning barobarida yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi izchil mashg‘ulotlar hali samara keltirishiga qat’iy ishonch bildirdi.

- Ko‘pchilik mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, «Milan» boshqaruvi nihoyat, «xaloskor» murabbiyga topshirildi. Xo‘sh, aytingchi, Allegri bilan ishlash qanday ekan?

- Dastlabki taassurotlar juda ijobiy. Allegriga jamoani mukammal birlashtira oladigan va katta fido­yilik bilan boshqaradigan murabbiydek qarayapman. U «Milanello»ga kelgan ilk kundanoq mavsum ajoyib o‘tishiga ishonch keskin ortdi. Ko‘pchilik biladi, Italiyada muvaffaqiyat qozonish yo‘lida boringni berishing shart. Shuning barobarida birdamlik muhim, kiyinish xonasida oilaviy muhit shakl­lanishi, jamoa ichida quvonch bo‘lishi lozim. Menimcha, Maks bularning barchasini uyg‘unlashtira oladigan zo‘r mutaxassis.

- Milanellodagi ayni muhit qanday? Oxirgi bir necha oyga nisbatan vaziyat ancha o‘zgargandir...

- O‘zgarish bor, albatta. Hammasi ijobiy va yoqimli tuyg‘ular. Joriy mavsum oldimizga ulkan maqsadlarni qo‘yganmiz. Vazifamiz o‘sha-o‘sha - «Milan»ning avvalgi mavqeini tiklash. Ha, buning uchun ko‘p ishlashimiz va ideal darajada o‘yin ko‘rsatishimiz talab etiladi. Ishonamanki, bu safar mavsumni ajoyib xotiralar bilan boyitamiz.

- Skudetto iborasi ham allaqachon kiyinish xonasida «suzib» yurgandir...

- Albatta, «Milan»da to‘p surayotgan har bir futbolchining orzusi - skudetto. Biroq bunga erishish uchun nafaqat bosqichma-bosqich, balki kunma-kun, soatma-soat rivojlanish kerak. O‘ylaymanki, safimizda faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan Modrichdek yetakchining borligi bizga qo‘shimcha motivasiya o‘laroq xizmat qiladi.

- Shu o‘rinda Modrich haqida alohida to‘xtalsangiz.

- Hech kimga sir emas,Luka aqlga sig‘mas darajada katta tajriba egasidir. Uning saviya­si ilk mashg‘ulotlardanoq yaqqol bilindi. Ayniqsa, Modrich ijrosidagi zargarona, betakror uzatmalarni e’tirof etish zarur. Qisqasi, jahon futbolida o‘z obro‘siga ega benazir salohiyat egasi bilan birgaligimizdan bag‘oyat xursandmiz.

- «Milan»ning yevrokuboklarda qatnashmasligi muammomi yoki imkoniyat?

- Qiziq savol. Nima desam ekan, «Milan»dek buyuk tarixga ega jamoaning yevroturnirlardan chetda qolishi achinarli hol, albatta. Lekin hozir afsuslanib o‘tiradigan vaqt emas. Zero, bizda yangi imkoniyat bor va undan unumli foydalanishimiz shart.

- Sizningcha, o‘tgan mavsumdagi salbiy natijalarga nima sabab bo‘ldi?

- Nazarimda, futboldagi mayda detallar ta’sirida ko‘p ochko yo‘qotdik. Deylik, so‘nggi daqiqalarda qo‘yib yuborilgan tushunarsiz gollar, kutilmaganda qayd etilgan duranglar, Teoning diskvalifikasiyasi... Xullas, jamoamiz natijasiga shu kabi kichik hodisotlar katta ta’sir o‘tkazdi.

- Joriy mavsumdan qanday natija ko‘zlayapsiz?

- Jamoa bilan skudetto yutishni. To‘g‘ri, hozirdan va’da berish yaramaydi, lekin ishonamanki, «Milan» har qanday vaziyatda ham oldinga intilishdan to‘xtamaydi va ko‘zlangan maqsadlarga erishadi.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:31, 23.09.2025.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.