Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Siti"ning yangi yulduzi mashg‘ulotlarga qaytishga tayyor

"Siti"ning yangi yulduzi mashg‘ulotlarga qaytishga tayyor

Baho:
+ | -

Rayan Sherki oktyabr oyi boshida maydonga qaytishi mumkin.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi avgust oyi oxirida son sohasidan jarohat olgandi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchi ikki oyni o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgandi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, fransuz shu hafta MRT tekshiruvidan o‘tgan. Tekshiruv uning jarohati tuzalganini ko‘rsatdi. Futbolchining "Manchester Siti" bilan to‘laqonli mashg‘ulotlarga qaytishi bir necha kunlik masala.

U 5 oktyabr kuni APL doirasida "Brentford"ga qarshi yoki 1 oktyabr kuni Chempionlar ligasida "Monako"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Kiritildi: 16:01, 25.09.2025.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик