Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Xetafe" ustozi: "Tarkibimizda faqat 1 ta hujumchi bor"

"Xetafe" ustozi: "Tarkibimizda faqat 1 ta hujumchi bor"

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Xetafe" klubi bosh murabbiyi Xose Bordalas "Levante"ga qarshi o‘yinda o‘z futbolchisidan g‘ayrioddiy tarzda foydalanganini tushuntirdi. Ispaniya chempionatining 7-tur uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.

Murabbiy o‘ng qanot himoyachisi Allan Nyomni hujum chizig‘iga qo‘ydi. O‘yindan so‘ng nima uchun shunday qilgani haqidagi savolga Bordalas quyidagicha javob berdi:

"Siz nima deb o‘ylaysiz? Bizda faqat bitta, ya’ni Borxa Mayoral timsolida yolg‘iz hujumchimiz bor. Menga bitta hujumchiga ega bo‘lgan boshqa professional jamoani ko‘rsating. Mayli, kutib turaman".

Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Xetafe" 11 ochko bilan chempionatda oltinchi o‘rinda bormoqda. "Levante" esa 5 ochko bilan o‘n oltinchi o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 17:47, 28.09.2025.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик