"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni kecha maydonga tushdi.
35 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida jarohat olgan Joan Garsiyani almashtirdi.
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yin kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Ushbu bahsda o‘ynaganimdan xursand bo‘ldim deya olmayman. Joan Garsiya bilan sodir bo‘lgan voqeadan afsusdaman.
Uning jarohati hamma narsani o‘zgartirib yuboradi. Umid qilamanki, u tez orada qaytadi va bizda uzoq vaqt o‘ynaydi", - deya Shesnining o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltirdi Barca Universal.













