Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shahzodbek Ubaydullayev «Navbahor» bilan shartnomasini bir taraflama bekor qildi

Shahzodbek Ubaydullayev «Navbahor» bilan shartnomasini bir taraflama bekor qildi

Baho:
+ | -

«Navbahor lochinlari» futbol klubi va futbolchi Shahzodbek Ubaydullayev o‘rtasidagi mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilingani O‘FA qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.

Futbol klubidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib berish hamda mehnat shartnomasi futbolchi tomonidan muddatidan oldin bekor qilinganligini tasdiqlashni so‘rab murojaat yo‘llagan Ubaydullayevning arizasi 2025-yilning 25-sentyabr kuni O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaga taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

- klub va futbolchi o‘rtasida 2024-yilning 8-dekabr kuni mehnat shartnomasi tuzilgan;

- mehnat shartnomasining amal qilish muddati 2026-yilning 30-noyabr sanasigacha bo‘lgan;

- klubning futbolchi oldida bir necha oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud;

- futbolchi klubga shu yilning 27-avgust kuni «Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti»ning 14bis-moddasiga asosan ikki oylik maoshidan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanmaganligi sababli klub o‘z moliyaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi uchun 15 kalendar kuni muddat bergani bo‘yicha murojaat yo‘llagan va unda shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqidan foydalanishi to‘g‘risida klubni ogohlantirgan;

- shu yil 20-sentyabr kuni futbolchi klubga takroriy murojaat qilib, belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lab berilmagani, endilikda mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi «Futbolchilar maqomi va transferi reglamenti»ning 14bis-moddasi bo‘yicha ketma-ketlikka to‘liq rioya qilgan. O‘zaro muhokamalardan so‘ng, O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi «Navbahor lochinlari» futbol klubi va Shahzodbek Ubaydullayev o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi futbolchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinganini tasdiqladi hamda vujudga kelgan qarzdorlik bartaraf etilishini ta’minlash yuzasidan futbol klubiga majburiyat yuklash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:42, 29.09.2025.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.