Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso: "Ertangi o‘yin oson bo‘lmaydi"

Xabi Alonso: "Ertangi o‘yin oson bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Yevropa Chempionlar Ligasida Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Bilayapmizki, ertangi o‘yin oson bo‘lmaydi. "Qayrat" Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan jamoa, shuning uchun ular bilan uchrashishga 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak. "Qayrat"ning Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinini tahlil qildim, shuningdek, "Seltik"ka qarshi o‘yinni ham tomosha qildim," - dedi Alonso matbuot anjumanida.

Birinchi turda "Real" o‘z maydonida "Marsel"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Qayrat" safarda "Sporting"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 17:52, 29.09.2025.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик