Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 03:00 Iroq 1-4 Norvegiya
17/06 06:00 Argentina 3-0 Jazoir
17/06 09:00 Avstriya 3-1 Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya 1-1 Kongo DR
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-2 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya

YECHL. "Vilyarreal" - "Yuventus" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

YECHL. "Vilyarreal" - "Yuventus" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

"Yuventus" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Vilyarreal" mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida mezbonlar forvardi Jorj Mikautadze hisobni ochdi. 49-daqiqada turinliklar Federiko Gattining goli evaziga hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib, Fransishku Konseysau hisobda "keksa sinyora"ni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Renatu Veyga gol urib, ispan klubiga durang keltirdi.

"Yuventus" (2 ochko) Chempionlar Ligasining ushbu o‘yinida ikkinchi marta durang o‘ynadi. "Vilyarreal" (1) umumiy bosqichdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

"Vilyarreal" keyingi turda o‘z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. "Yuventus" 22 oktyabr kuni "Real" mehmoni bo‘ladi.

Chempionlar ligasi, 2-tur

01.10.2025, chorshanba, 23:59

Vilyarreal - Yuventus - 2:2

Gollar: Mikautadze, 18 (1:0). Gatti, 49 (1:1). Konseysau, 56 (1:2). Veyga, 90 (2:2)

Vilyarreal: Tenas, Marin, Veyga, Pedrasa (Kardona, 76), Mourinyo, Parexo (Moleyro, 64), Gey, Komesanya, Byukenen (Oluvaseyi, 64), Mikautadze (Axomax, 76), Pepe

Yuventus: Perin, Gatti, Kelli, Kalyulyu, Lokatelli, Makkenni, Kabal (Joao Mariu, 16), Kambyaso (Rugani, 80), Kopmeyners (Konseysau, 46), Kenan Yildiz (Adjich, 80), David (Vlaxovich, 86)

Ogohlantirishlar: Axomax, 85 - Kabal, 6. Kambyaso, 77. Konseysau, 90

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:12, 02.10.2025.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик