Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Jarohati sabab 1 yilni o‘tkazib yuborgan "Barselona" futbolchisi yana safdan chiqdi

Jarohati sabab 1 yilni o‘tkazib yuborgan "Barselona" futbolchisi yana safdan chiqdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernal Ispaniya U21 terma jamoasi qaydnomasidan chiqarildi. Bu haqda Ispaniya futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Bernal o‘zini noqulay his qilgan va shu sababli futbolchini oktyabrdagi yig‘inga jalb qilmaslikka qaror qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Bernal sentyabr oyi o‘rtalaridagina maydonga qaytdi. Yil davomida futbolchi tizzasining xochsimon bog‘lamlari jarohatini davoladi. Bu mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

29 sentyabr kuni "Barselona" Bernal bilan shartnomani 2029 yilning yarmigacha uzaytirganini e’lon qildi.

Kiritildi: 18:26, 04.10.2025.
O'qildi: 3841 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик