Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Flik "Barselona"ning ikki futbolchisini jazo sifatida almashtirdi

Flik "Barselona"ning ikki futbolchisini jazo sifatida almashtirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Sevilya"ga qarshi so‘nggi o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik birinchi bo‘limda o‘z futbolchilarining harakatlaridan qoniqmadi, shuning uchun tanaffusdayoq ikki himoyachi - Jerar Martin va Ronald Arauxoni almashtirdi. Diario AS xabariga ko‘ra, ikkala almashtirish ham "intizomiy jazo" bo‘lgan. Vaziyatni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi va ikkinchi bo‘limda "Barselona" yana ikki marta gol o‘tkazib yubordi, ammo boshqa gol ura olmadi.

Qayd etilishicha, Flik ba’zi futbolchilar, jumladan, Arauxo bilan ularning o‘yinini yaxshilash uchun individual mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

"Barselona" La Liga 8-turidan keyin turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va Madridning "Real" klubidan 2 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 08:19, 08.10.2025.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик