Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

La Liga klubi bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

La Liga klubi bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Ovyedo" klubi o‘zining rasmiy saytida 48 yoshli serbiyalik bosh murabbiy Velko Paunovichni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, uning yordamchilari ham jamoani tark etishgan.

"Klub Velko Paunovich va uning murabbiylar shtabiga professionalligi, sodiqligi va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Uning rahbarligida jamoa La Ligaga ko‘tarildi - bu tarixiy yutuq muxlislar xotirasida saqlanib qoladi. Klub unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi klub xabarida.

Jamoaning yangi murabbiyi 46 yoshli ispaniyalik Luis Karrion. Karrionning oxirgi ish joyi bir yil oldin (2024 yil 8 oktyabr) tark etgan “Las-Palmas” edi.

Paunovich shu yilning mart oyida "Ovyedo"ni boshqargandi. Serbiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Segundadan La Ligaga ko‘tarilib, 24 yillik tanaffusdan keyin Primyeraga qaytdi. Ispaniya oliy divizionida “Ovyedo” sakkiz o‘yinda oltita mag‘lubiyatga uchradi va olti ochko jamg‘ardi. Jamoa ayni damda La Liga turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 09:46, 10.10.2025.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик