Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Balotelli Italiya terma jamoasiga yangi kelgan futbolchini maqtadi

Balotelli Italiya terma jamoasiga yangi kelgan futbolchini maqtadi

Baho:
+ | -

O‘tmishda Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan 35 yoshli Mario Balotelli Milanning "Inter" klubi forvardi Franchesko Pio Espozito haqida fikr bildirdi.

"Neradzurrilar"ning umidli tarbiyalanuvchisi sentyabr oyida Italiya terma jamoasi safida debyut qilgan bo‘lsa, yaqinda "skuadra adzurra" safida Estoniya darvozasini ishg‘ol etib, ilk golini urdi.

"Pio Espozito - yaxshi o‘yinchi, hozirning o‘zidayoq u ko‘pchilikdan ustun. Unga o‘xshagan yosh yigitlarga imkoniyat berish kerak, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, uni yorqin kelajak kutmoqda. U shunchaki darvozani ko‘radi va gol uradi - menga bunday o‘yinchilar yoqadi," - dedi Balotelli.

Franchesko Pio Esposito atigi 20 yoshda. "Inter"ning asosiy jamoasi uchun sakkizta o‘yinda u bir marta gol urdi.

Kiritildi: 07:23, 13.10.2025.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик