Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Nagelsmann: "Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasligi aniq"

Nagelsmann: "Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasligi aniq"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 saralashi doirasida safarda Shimoliy Irlandiya ustidan qozonilgan g‘alabaga (1:0) munosabat bildirdi.

"Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasligi aniq. Stadionda aql bovar qilmaydigan muhit hukm surardi. To‘pga egalik qilish uchun kurash ko‘p bo‘ldi, hatto hakam ham barcha mayda detallarni payqashi qiyin bo‘ldi. Oxir-oqibat, o‘yin natijasini standart vaziyatlar hal qildi. Biz standartlarni bajarishni ko‘p mashq qilamiz, chunki bu muhim. Umuman olganda, to‘p doimo havoda bo‘lganda yaxshi o‘ynash qiyin. Kurashishga to‘g‘ri keladi. Bu "noxush" g‘alaba bo‘ldi, ammo eng muhimi - uch ochko," - dedi Nagelsmann matbuot anjumanida.

Kiritildi: 08:23, 14.10.2025.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик