Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shoxjahon Yorqinboyev: "Terma jamoamiz safida to‘p surish niyatim bor edi"

Shoxjahon Yorqinboyev: "Terma jamoamiz safida to‘p surish niyatim bor edi"

Baho:
+ | -

FIFA kunlari munosabati bilan milliy terma jamoamizdan tashqari, yana boshqa yosh toifalaridagi terma jamoalarimiz ham yig‘in hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qlimoqdalar.

Jumladan, O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz ham Toshkentda shug‘ullanmoqda. Qozog‘iston yoshlariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Ilk uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bugun esa ushbu jamoalarning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoamiz safiga yangi chaqirilgan futbolchilar orasida "Andijon" yarim himoyachisi Shoxjahon Yorqinboyev ham bor. U Qozog‘istonga qarshi bahsda terma jamoamiz tarkibida debyutini o‘tkazdi.

- U-20 terma jamoamiz safida ilk o‘yiningizni o‘tkazdingiz. Qanday taassurot qoldirdi?

- Terma jamoamiz tarkibida to‘p surish niyatim bor edi. Yetkazganiga shukr. Taassurotga keladigan bo‘lsam, birinchi uchrashuv yaxshi o‘tdi. Boshida o‘yinni tempiga tushish sal qiyin bo‘ldi.

- Klub bilan terma jamoani mashg‘ulotida farqlari nimada ko‘rindi?

- Mashg‘ulotlarda farqi sezilgani yo‘q, deb o‘ylayman. Klubda ham, terma jamoada ham mashg‘ulotdagi vazifalar deyarli bir xil. Terma jamoada mashg‘ulotlardagi asosiy urg‘u taktikaga qaratilgan.

- Zaxiradan maydonga tushishingizdan avval Ravshan Haydarov sizga qanday ko‘rsatmalarni berdi?

- To‘p raqib jamoada bo‘lgan paytda pressing qilib, uni qaytarib olishimizni va to‘pni nazorat qilib, xavfli hujumlar yaratishimizni ko‘rsatma sifatida berdi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:31, 14.10.2025.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик