Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

O‘zPFL: Oktyabr oyida siz ko‘rishingiz shart bo‘lgan 5 uchrashuv

O‘zPFL: Oktyabr oyida siz ko‘rishingiz shart bo‘lgan 5 uchrashuv

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. O‘zbekiston kubogi musobaqasida esa final yaqin.

"Neftchi" — OKMK

19 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Neftchi" va OKMK o‘yini bo‘lib o‘tadi. 

Vitaliy Levchenko jamoasi chempionlik uchun kurashga jiddiy kirishgan. Ayni vaqtda farg‘onaliklarning "Nasaf" bilan o‘rtasidagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. Shu bois, buyog‘iga "Neftchi"ni xato qilishga haqqi yo‘q.

O‘z navbatida, OKMK jamoasi ham medallar uchun kurashdan chiqqanicha yo‘q. Modomiki shunday ekan, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa ham Farg‘onaga g‘alaba ilinjida tashrif buyursa ajab emas.

OKMK — "Nasaf"

26 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan OKMK va "Nasaf" o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Ushbu jamoalar o‘rtasida dastlabki o‘yin Qarshida bo‘lib o‘tgan va bu bahsda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shunday ekan, ushbu o‘yinda OKMK klubi revansh olishga bor imkoniyati bilan harakat qiladi.

Ammo, "Nasaf" klubi ham ayni vaqtda ochko yo‘qotadigan holatda emas. "Neftchi" klubi "ajdarlar"ni izma-iz ta’qib etib kelmoqda. Shunday ekan, Qarshi klubi ham Olmaliqqa faqat g‘alaba uchun tashrif buyurishi aniq.

"Navbahor" — "Nasaf"

30 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 27-turi doirasida "Navbahor" klubi o‘z maydonida Nasafni qabul qiladi.

Matematik jihatdan olib qarasak, "Navbahor" klubi medallar uchun kurashdan chiqqanicha yo‘q. Uning ustiga, jamoa birinchi davra o‘yinida "Nasaf"ga yutqazgan. Shu boisdan, Namangan klubi ushbu o‘yinni g‘alaba bilan yakunlash uchun bor imkoniyatini ishga solishi aniq.

"Buxoro" — "So‘g‘diyona"

23 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan bahsda "Buxoro" klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.

Ushbu o‘yin natija nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega emasdek ko‘rinar, balki. Ammo O‘zbekiston kubogi musobaqasining yarim finalida "Buxoro" jamoasi aynan "So‘g‘diyona" klubini mag‘lub etib, finalga yo‘l olgandi. Bu holat esa jizzaxlik muxlislarning hafsalasini pir qildi.

Bo‘lg‘usi o‘yinda "So‘g‘diyona" klubi oldida yarim finaldagi xatosini yuvish imkoniyati bor. Ivan Boshkovich jamoasi ham ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun bor imkonini ishga solishi aniq.

"Paxtakor" — "Buxoro"

29 oktyabr kuni mavsumdagi eng muhim o‘yinlardan biri Andijondagi "Bobur arena"da bo‘lib o‘tadi. Shu kuni muxlislar O‘zbekiston kubogi musobaqasining final o‘yiniga guvoh bo‘ladilar.

"Paxtakor" bir necha yillardan beri musobaqa finaliga yo‘l ololgani yo‘q edi. Jamoa 4 yil deganda yana finalga chiqdi. "Buxoro" klubi esa o‘z tarixida birinchi bor O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bellashuviga yo‘l oldi.

Ushbu o‘yin g‘olibligi jamoalarga nafaqat musobaqa g‘olibligini, balki, kelgusi yili xalqaro musobaqada ishtirok etish huquqini ham taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:38, 15.10.2025.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик