Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi qatoriga o‘zbekistonlik o‘yinchi ham kiritildi

Jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi qatoriga o‘zbekistonlik o‘yinchi ham kiritildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Buyuk Britaniyaning "The Guardian" nashri jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi nomini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida o‘tkazilgan U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi. Biroq jamoa ikkita qizil kartochka tufayli to‘qqiz kishi bo‘lib qolgan edi. Shu payt katta sahnaga Xasanov chiqdi. U jamoani ilhomlantira oldi, ajoyib solo yurish orqali gol urgan holda 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tez, kuchli va gol sezgisi yuqori bo‘lgan Xasanovda g‘oliblik ruhiyati ham bor. Hasanov Osiyoda "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" bo‘lishga da’vogar, deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatdan 2019 yilda Jasurbek Jaloliddinov, 2024 yilda Azizbek To‘lqinbekov ham o‘rin olgan edi.

Kiritildi: 16:14, 15.10.2025.
O'qildi: 3635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик