Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Milan» va «Emirates» hamkorlikni yana 5 yilga uzaytirdi. B kelishuv «rossoneri»ga 100 million yevro daromad keltiradi

«Milan» va «Emirates» hamkorlikni yana 5 yilga uzaytirdi. B kelishuv «rossoneri»ga 100 million yevro daromad keltiradi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi o‘zining bosh homiysi — «Emirates» aviakompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirishini e’lon qildi.

Tomonlar 2007 yilda boshlangan sheriklik munosabatlarini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

«Ko‘p yillar davomida "Emirates" “Milan”ning o‘sishida yetakchi rol o‘ynab kelmoqda. U strategik hamkor sifatida maydonda ham, undan tashqarida ham qiymat yaratishga qodir. Bu hamkorlik ikki mashhur brendga bir-birini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish va innovasiyalar, mukammallik hamda global qarashlar bayrog‘i ostida muxlislar bilan madaniyatlarni yaqinlashtiradigan ko‘prikka aylanish imkonini berdi», — deyiladi Italiya klubi saytidagi bayonotda.

Calciomercato nashrining La Gazzetta dello Sport'ga tayanib xabar berishicha, yangi bitim «Milan»ga keyingi besh yil davomida taxminan 100 million yevro daromad keltiradi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:46, 15.10.2025.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик