Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"PSJ"ning rossiyalik darvozaboni siyosiy omillar sabab jamoani tark etishi mumkin

"PSJ"ning rossiyalik darvozaboni siyosiy omillar sabab jamoani tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

"PSJ"ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov 2026 yilning qishida "PSJ"ni tark etishi mumkin, deb yozadi Live Foot. Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Luish Kampush 26 yoshli posbon uchun yangi klub qidirmoqda.

Transfer to‘g‘risidagi qaror yanvar oyidayoq qabul qilinishi mumkin. Qayd etilishicha, bu Safonovning o‘yin darajasiga bog‘liq emas. Futbolchining ketishi siyosiy omillar bilan bog‘liq.

Safonov "PSJ"ga 2024 yilning yozida "Krasnodar"dan o‘tgandi. U o‘tgan mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Joriy mavsumda darvozabon hali biror marta "PSJ" o‘yinlarida maydonga tushmagan.

Kiritildi: 13:46, 18.10.2025.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик