Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Gakpo uchun kechagi o‘yin juda omadsiz o‘tdi

Gakpo uchun kechagi o‘yin juda omadsiz o‘tdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" Premyer-liga o‘yinida o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga mag‘lub bo‘ldi (1:2).

Kodi Gakpo mersisaydliklarning yagona golini urdi, biroq u bir necha bor gol urish imkoniyatiga ega edi. Niderlandiyalik futbolchi raqib darvozasining ustunini (to‘sini) uch marta nishonga oldi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, hisoblar yuritila boshlangan davrdan buyon (2003/04 yilgi mavsumdan beri) faqat Darvin Nunyes Angliya chempionatining bitta o‘yinida ustun va to‘singa bundan ham ko‘proq - to‘rt marta to‘p tekkizgan. Eslatib o‘tamiz, urugvaylik hujumchi ham "Liverpul" safida o‘ynagan.

"Manchester Yunayted"ning hal qiluvchi golini 84-daqiqada Xarri Maguayr kiritdi.

Darvin Nunyes o‘tgan yozda Angliyani tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:51, 20.10.2025.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик