Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tojikistonda erkaklar klubini boshqaradigan bo‘ldi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tojikistonda erkaklar klubini boshqaradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sherali Boboqulov Tojikiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi «Istravshan» klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

O‘zbek mutaxassisi bu lavozimda mavsum boshidan buyon jamoani boshqarib kelgan tojikistonlik Shuhrat Shamsiyev o‘rnini egalladi.

Boboqulov uchun bu tayinlov professional erkaklar futbolidagi ilk tajriba hisoblanadi. Uning shartnomasi joriy yil oxirigacha mo‘ljallangan. Murabbiy oldiga klubni ligadagidan chiqib ketishdan saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan.

19 oktyabr kuni Boboqulov rahbarligidagi ilk o‘yinda «Istaravshan» kutilmaganda Liga yetakchilaridan biri — dushanbelik SSKAni 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.

Qayd etish lozim, «Istaravshan» tarkibida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi to‘p surmoqda.

Sherali Boboqulov bir necha yil davomida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi hamda Jizzaxning «So‘g‘diyona-W» klubini boshqargan. 2021 yilda u O‘zbekiston ayollar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Uning qo‘l ostida «So‘g‘diyona» mamlakat chempionati va Kubogini, shuningdek, OFK ayollar klublar chempionligini qo‘lga kiritgan.

Manba: fergana.media
Kiritildi: 09:52, 21.10.2025.
O'qildi: 1784 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик