Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

MLS. «Inter Mayami» pley-offni ishonchli g‘alaba bilan boshladi, Messidan dubl (videosharh)

MLS. «Inter Mayami» pley-offni ishonchli g‘alaba bilan boshladi, Messidan dubl (videosharh)

Baho:
+ | -

MLSda pley-off bosqichiga start berildi. «Inter Mayami» pley-offdagi ilk uchrashuvini juma kuni «Neshvill» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

Pley-offning “best-of-three” (uchta o‘yindan iborat seriya) formatidagi birinchi bahsida Messi jamoasi raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Argentinalik yulduz o‘yin oldidan muntazam mavsumning “Oltin butsa” sovrinini qabul qilib, shundan so‘ng maydonda o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Uchrashuvda hisobni aynan jamoa sardori Messi ochdi — u Luis Suares bilan yaxshi uyg‘unlikda harakat qilib, bosh bilan darvozabon Jo Uillisni dog‘da qoldirdi.

Birinchi bo‘limda maydon egalari to‘liq ustunlik qildi. «Neshvill» safida Jeykob Shaffelburg javob golini urishi mumkin edi, ammo uning zarbalariga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin shiddati oshib bordi. 62-daqiqada Ian Freyng o‘ng qanotdan yo‘llagan aniq uzatmasini Tadeo Alyende bosh bilan darvozaga yo‘lladi — 2:0.

Uchrashuvning oxirida «Neshvill» himoyachisi va darvozaboni xatoga yo‘l qo‘ydi va Messi vaziyatdan foydalanib, ikkinchi golini urdi — 3:0.

O‘yinga qo‘shib berilgan Muxtor Haniy bitta javob to‘pini kiritdi. Seriyadagi keyingi o‘yin 1 noyabr kuni Neshvilldagi «Geodis Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

AQSH — Major League Soccer (MLS). Pley-off, birinchi o‘yin
25 oktyabr 2025 yil, shanba.
«Inter Mayami» - «Neshvill» - 3:1
Gollar: Messi (19, 90+6), Alyende (62) — Muxtar Haniy (90+11).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:59, 25.10.2025.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.