Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Bahrayn-2025. Futzal. O‘zbekiston 3-turda Bahraynni 13:0 hisobida yengib, yarim finalga chiqdi

Bahrayn-2025. Futzal. O‘zbekiston 3-turda Bahraynni 13:0 hisobida yengib, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston futzal "A" guruhida 2-o‘rinni egallab, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xitoy 3-turda Afg‘onistonga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergach, O‘zbekistonga yarim finalga chiqish uchun nazariy imkoniyat yuzaga keldi. Buning uchun Dilshod Rahmatov shogirdlari Bahraynni 11 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etish talab etilardi.

Yoshlarimiz bu ishni a’lo darajada uddalashdi. Ayniqsa, uchrashuvning ilk daqiqasidayoq O‘zbekiston raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishi oqibatida yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortdi. Jamoamiz tanaffusga qadar 10:0 hisobida oldinga o‘tib oldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar raqib darvozasiga yana 3 marta yo‘l topishdi va yakunda 13:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston 4 ochko bilan "A" guruhida 2-pog‘onani band etdi (to‘plar farqi — 17:12).

O‘zbekiston yarim finalda "B" guruhi g‘olibi Eronga qarshi maydonga chiqadi. Bu bahs 28 oktyabr kuni 18:00da boshlanadi. Ikkinchi yarim final o‘yini Afg‘oniston va Tailand o‘rtasida kechadi.

Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari.
Futzal. "A" guruhi, 3-tur
BAHRAYN - O‘ZBEKISTON - 0:13
Gollar:
(0'18") ILYOSOV Abdulboriy
(0'29") ZIYOXIDINOV Nizomiddin
(0'52") JALOLIDDINOV Azizbek
(5'47") ILYOSOV Abdulboriy
(12'00") AYTBOYEV Izzat
(12'09") AYTBOYEV Izzat
(12'19") QALLIBEKOV Timur
(14'55") MUBARAK Ammar (avtogol)
(15'24") ZIYOXIDINOV Nizomiddin
(16'36") G‘ULOMOV Izzatilla
(22'54") ZIYOXIDINOV Nizomiddin
(33'16") G‘ULOMOV Izzatilla
(34'33") ILYOSOV Abdulboriy

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:20, 27.10.2025.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.