Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Buffon - Spalletti haqida: "U bilan ko‘p narsa yo‘qotmaysiz"

Buffon - Spalletti haqida: "U bilan ko‘p narsa yo‘qotmaysiz"

Baho:
+ | -

"Yuventus" va Italiya terma jamoasi afsonasi Janluiji Buffon Igor Tudor iste’foga chiqarilgach, "byankonerilar" bosh murabbiyligiga asosiy da’vogar bo‘lgan Luchano Spalletti nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Fikrimcha, Luchano ambisiyalarini saqlab qolishni istagan har qanday katta klub uchun ideal murabbiy. U bilan ko‘p narsa yo‘qotmaysiz. Bu ajoyib professional tanlov bo‘lardi. U futbolchi, ajoyib inson va ajoyib murabbiy. Spalletti - tajriba, xarizma va avtoritet bo‘yicha dunyoning eng yaxshisi," - deya Buffonning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Buffon va Spalletti avvalroq Italiya terma jamoasida birga ishlagan. Spalletti bosh murabbiy, Buffon esa delegasiya rahbari bo‘lgan, Janluiji bu lavozimni hozirgacha egallab kelmoqda.

Kiritildi: 08:45, 28.10.2025.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик