Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Barselona” Son Hyon Minni ijaraga olmoqchi

“Barselona” Son Hyon Minni ijaraga olmoqchi

Baho:
+1 | -

Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Hyon Min faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga Kataloniyaning “Barselona” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” futbolchini AQSHning “Los-Anjeles” klubidan ijaraga olish orqali hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu transfer Son uchun ham foydali bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Chunki futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan sport formasini saqlab qolish uchun kuchliroq klub bilan shartnoma imzolashga qarshi emas.

“Los-Anjeles” rahbariyati Sonni ijaraga berishga qarshi emas. Sababi futbolchi hamda klub o‘rtasidagi shartnomada hujumchi Yevropada qisqa muddat ijarada o‘ynash imkonini beruvchi band mavjud. Kataloniyaliklar esa aynan shu bandni faollashtirib, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kataloniya klubi rahbariyati bu transferni strategik jihatdan muhim qadam sifatida baholamoqda. Sonning kelishi “Barselona”ning Osiyodagi mashhurligini oshirish bilan birga, jamoaning hujumdagi imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shuningdek, futbolchi qanotda ham, markazda ham samarali o‘ynay oladi. Shu sababdan “Tottenhem” sobiq yetakchisi jarohatlar bilan kurashayotgan Robert Levandovski o‘rnini vaqtincha to‘ldirishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, agar bitim amalga oshsa, Son Hyon Min “Barselona”ning asosiy jamoasi safida maydonga tushgan ilk janubiy koreyalik futbolchi bo‘ladi.

32 yoshli Son Hyon Min joriy masvum MLS doirasidagi 10 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Los-Anjeles” bilan shartnomasi 2027-yilning oxiriga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:47, 28.10.2025.
O'qildi: 5164 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.