Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Temur Kapadze: “Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida mening ismim ham tilga olinmoqda”

Temur Kapadze: “Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida mening ismim ham tilga olinmoqda”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda esa yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Qayerga nima joylasam, Instagram’da bo‘ladimi yoki boshqa joydami hammasi xabarlarga to‘lib ketdi. Menimcha, hozir Indoneziyadagi turli telekanallar va nashrlarda nomzodlar haqida gap ketayapti. Ularning orasida mening ismim ham tilga olinmoqda. Indoneziya to‘sig‘idan o‘tib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqanimiz, Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritganimiz va Jahon chempionatida ishtirok etishimiz  — ushbu natijalar ortidan ular mening nomzodimga qiziqish bildiryapti deb o‘ylayman.

Hozir u yerdagilar bizning mediamizni ham kuzatishayapti. Menga yozishyapti: ‘Keling, keling‘ yoki ‘Taklif tushdimi?’ deb so‘rashayapti”, dedi Kapadze “Sport TV” telekanalidagi “Gol” dasturida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya futbol federasiyasi yaqinda iste’foga chiqarilgan niderlandiyalik mutaxassis Patrik Klyuyvert o‘rniga munosib nomzod qidirayotgani hamda Kapadze jamoani boshqarishga asosiy nomzodlardan bir ekanligi xabar qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Temur Kapadze 2025 yil yanvar oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan va uning qo‘l ostida jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi. Joriy yilning 6 oktyabr sanasida uning o‘rniga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:27, 28.10.2025.
O'qildi: 3564 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик