Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Superliga uchun imkoniyat bor». Sud UEFAning apellyasiyasini rad etdi

«Superliga uchun imkoniyat bor». Sud UEFAning apellyasiyasini rad etdi

Baho:
+ | -

Madrid provinsiyasi sudi Superliga tashabbuskorlari bilan bo‘lgan mojaroda UEFA tomonidan berilgan apellyasiyani rad etdi. Bu haqda Madridning «Real» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, sud qarori Yevropa sudining xulosalarini tasdiqlab, UEFAning Yevropa Ittifoqi raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligini buzgani va o‘z hukmron mavqeidan suiiste’mol qilganini yana bir bor ko‘rsatgan.

«Real»ning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yil davomida klub va UEFA vakillari o‘rtasida boshqaruvda shaffoflikni oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, futbolchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va muxlislar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan islohotlar bo‘yicha muzokaralar olib borilgan. Biroq tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan.

2025 yil 29 oktyabrda chiqarilgan yangi sud qaroriga ko‘ra, UEFA, La Liga va Ispaniya Futbol Federasiyasining (RFEF) apellyasiyasi yakuniy ravishda rad etildi. Endi Superliga tashabbuskorlari UEFAdan yetkazilgan zarar uchun kompensasiya talab qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bu mablag‘ bir necha million yevroni tashkil etishi mumkin.

Hozircha Superliga loyihasida faqat ikki klub — Madridning «Real»i va «Barselona» qolgan.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 21:10, 29.10.2025.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик