Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Florentino Peres Mbappega murojaat qildi

Florentino Peres Mbappega murojaat qildi

Baho:
+ | -

"Real" prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Florentino Peres hujumchi Kilian Mbappega murojaat qildi. Juma kuni fransuz o‘tgan mavsum uchun "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi.

"Hammaga salom. Bugun barchamiz uchun alohida kun. Bu nufuzli mukofot va men Kilian Mbappe jamoamizda ekanligidan juda xursandman. Men bundan faxrlanaman.

Mukofot bilan tabriklayman. Sen bu sovrinni o‘tgan mavsumda umumiy 44 ta gol, La Ligada 34 ta o‘yinda 31 ta gol evaziga qo‘lga kiritding. Sen bu kunni abadiy eslab qolasan. "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritish juda qiyin. Sen "Real" tarixida buni uddalagan to‘rtinchi futbolchisan.

Qadrli Kilian, bu "Oltin butsa" sen uchun katta muvaffaqiyatlarga erishishda davom etish uchun rag‘batdir. O‘tgan yili sen orzuingni amalga oshirding va men bu yerda ekaningdan faxrlanaman," - dedi Peres tadbirda.

"Real" Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 07:10, 01.11.2025.
O'qildi: 3278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик