Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Van Deyk "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" sardori Virjil van Deyk APL doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Mersisaydliklar chempionatning so‘nggi to‘rtta o‘yinida mag‘lub bo‘lishdi. Barcha turnirlarning so‘nggi yettita uchrashuvida Arne Slot jamoasi oltita mag‘lubiyatga uchradi va faqat bir marta g‘alaba qozondi.

"Kamtarlik va hamjihatlik - yaxshi va yomon kunlarda muvaffaqiyat kalitidir. So‘nggi o‘yinlardagi harakatlarimiz ko‘ngildagidek emasdi - endi o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatishimiz va bu qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topishimiz kerak," - deya van Deykning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

"Liverpul"ning "Aston Villa"ga qarshi bugungi o‘yini Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Kiritildi: 18:36, 01.11.2025.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик