Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Superliga. 6 ta gol urilgan Toshkent derbisida «Paxtakor» g‘alaba qozondi

Superliga. 6 ta gol urilgan Toshkent derbisida «Paxtakor» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Toshkent derbisi har doim qiziqarli va murosasiz kechadi. Bu safar ham «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasidagi bahs yuqori tempda boshlandi. Amaldagi O‘zbekiston Kubogi sohibi hisoblangan «sherlar» o‘yinni hujumkor ruhda boshladi va avvalgi daqiqalardanoq tashabbusni qo‘lga oldi.

6-daqiqada Bashar Resanning a’lo darajadagi uzatmasidan keyin Doston Hamdamov hisobni ochdi — 1:0. Bu gol derbining kayfiyatini belgilab berdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Hojiakbar Alijonov o‘zining yuksak mahoratni namoyon etgan zarbasi bilan hisobni 2:0 ga yetkazdi.

«Paxtakor»ning ilk yarim soatdagi o‘yini o‘ta ishonchli ko‘rinishda bo‘ldi — Abdurauf Bo‘riyev himoyada a’lo harakat qildi, Resan va Sobirxo‘jayev esa markazni to‘liq nazorat qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin Ibrohim Ibrohimov uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarba bilan hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Biroq ikkinchi bo‘lim boshlangach, «Bunyodkor» javob zarbasini berdi. 52-daqiqada Krivokapich Nazarovning xatosidan foydalanib to‘pni darvozaga yo‘lladi, 57-daqiqada esa Temurxo‘ja Abduxoliqovning goli intrigani tikladi — 3:2.

Shundan keyin «Paxtakor»da Turg‘unboyev, Erkinov va Flamarino kabi zaxiradagilar maydonga tushib, o‘yinga yangicha nafas kiritdi. Qor aralash yomg‘ir ostida kechgan bahs juda kurashlarga boy bo‘ldi.

Va nihoyat, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Hojimat Erkinov 90+5-da gol urib, derbining nuqtasini qo‘ydi. Shavkat Nasibullayevning hushtagi bilan «Paxtakor» muxlislari yana bir muhim g‘alabani nishonladi.

«Paxtakor» derbidagi g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 55  taga yetkazib oldi. «Bunyodkor» esa 46 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.

Superliga. 27-tur
«Paxtakor» — «Bunyodkor» 4:2
Gollar: Hamdamov, 6; Alijonov, 12; Ibrohimov, 45; Erkinov, 90+5 — Krivokapich, 52; Abduxoliqov, 57
Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:41, 03.11.2025.
O'qildi: 1519 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик