Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Elit OCHL. «Nasaf»da to‘rtinchi mag‘lubiyat, bu safar alamliroq

Elit OCHL. «Nasaf»da to‘rtinchi mag‘lubiyat, bu safar alamliroq

Baho:
+ | -

Elit Osiyo chempionlar ligasi 4-turi doirasida Qarshidagi «Markaziy» stadionda kechgan «Nasaf» - «Al-Vahda» uchrashuvi g‘oyat dramatik ruhda o‘tdi.

Muxlislarining katta qo‘llab-quvvatlovi ostida maydonga tushgan "ajdarlar" ilk daqiqalardanyoq faol harakat qildi. 12-daqiqada uchrashuvga kelgan muxlislar jamoaning sadoqatli ishqibozi — marhum Mahmud Muhammadiyev xotirasini bir daqiqa sukut bilan yod etishdi. Bu holat stadiondagi muhitni yanada ehtirosli qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngiga yaqin «Nasaf» ustunlikka erishdi — 42-daqiqada Sardorbek Bahromovning shiddatli va aniq zarbasi raqib darvozasini yo‘l oldi. Bu gol haqiqiy shedevr sifatida baholandi — Bahromov to‘pni uzoq masofadan darvoza burchaklaridan biriga joyladi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi taym boshlanishi bilan «Al-Vahda» javob hujumlarini kuchaytirdi va 59-daqiqada nigeriyalik hujumchi Ogbu hisobni tenglashtirdi — 1:1. Bu goldan keyin «Nasaf» jamoasi tarkibida bir qator almashinuvlar amalga oshirildi: Otubanjo, Golban va Bozorov maydonga tushdi.

76-daqiqada "Nasaf" futbolchisi Shala juda yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Har ikkala jamoa g‘alaba uchun harakat qilishda davom etdi. Omad esa o‘yin so‘nggida BAA jamoasiga kulib boqdi. 89-daqiqada "standart"dan so‘ng Kayo Kanedo jamoasining g‘alaba golini urdi — 1:2.

Qarshiliklar qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga urinishdi, ammo mehmonlar himoyada ehtiyotkorlik bilan harakat qildilar va ustunlikni saqlab qolishdi.

Uchrashuvni 3255 nafar tomoshabin stadiondan kuzatdi. «Nasaf» 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, ammo kurashchan o‘yin ko‘rsatdi.

Elit Osiyo chempionlar ligasi. 4-tur.
"Nasaf" (Qarshi) — "Al-Vahda" (Abu-Dabi) — 1:2
Gollar: Bahromov (42) — Ogbu (59), Kanedo (89).
Stadion: «Markaziy», Qarshi. 3255 nafar tomoshabin

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:51, 03.11.2025.
O'qildi: 2252 marta.
Fikrlar: 145 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик