Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Ali Ashur: «O‘yinchilarimdan xursandman, 0:0 hisobidan xursand emasman»

Ali Ashur: «O‘yinchilarimdan xursandman, 0:0 hisobidan xursand emasman»

Baho:
+ | -

«Al-Xolidiya» — “Andijon (0:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ali Ashur qatnashdi.

— Natija uchun qattiq harakat qildinglar. O‘yin haqida nima deya olasiz?

— Avvalambor, biz uch ochko olish uchun harakat qildik. Ammo o‘yin 0:0 bilan tugadi. Bu «Andijon»ni to‘rtinchi o‘yiniki, gol ham urmayapti, gol ham o‘tkazmayapti. Biz qattiq harakat qildik. 100 foiz kurash olib bordik. Statistakaga qarasanglar ham, 63 foizga to‘pga egalik qildik. 18 marta zarba berdik, 8 marta burchakdan to‘p uzatdik. O‘yinni nazorat qildik. 3-4 marta toza golli imkoniyatimiz bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Bizda penalti tepishimizga ham sabab bo‘lgandi. Biroq hakamni qarori boshqacha bo‘ldi. Umuman olganda, o‘yinchilarimdan xursandman. Albatta, 0:0 hisobidan xursand emasman.

— Andijonda ham 0:0 bo‘lgan va bu yerda ham shu hisob qayd etildi. Siz uchun qaysi o‘yin qiyinroq o‘tdi?

— Albatta, Andijondagi uchrashuv eng qiyini bo‘lgandi. Chunki ularda imkoniyatlar ko‘p bo‘lgan, biz bunga yo‘l qo‘yib bergandik.. Xatoimiz sababli bir nechta qarshi hujumlar uyushtirishdi. Bugun futbolchilarimga aytdimki, xato qilmanglar va raqibga imkoniyat yaratib bermanglar dedim. Bugungi o‘yinda raqibda xavfli vaziyatlar bo‘lganini eslay olmayapman. Lekin Andijondagi o‘yinda bizni xatolarimiz tufayli ularda imkoniyat bo‘lgandi.

— Stadionda ko‘proq muxlislarni kutgandik. Ammo deyarli bo‘sh tribunalarni ko‘rdik. Ishqibozlarsiz o‘ynash sizlar uchun zerikarli emasmi?

— Bilasizmi, bizning klubimiz 2020 yili tashkil topgan. Bizda kichik muxlislar bazasi bor.  Bu narsa futbolchilar oilasi uchun muhim. Endigina fan-klub tashkil topganiga 5 yil bo‘lyapti. Bir necha yil ichida fan klub ko‘payadi. Ha, biz ko‘proq muxlis kelishini kutgandik. Lekin eng muhimi, kichik bo‘lsada, ishqibozlar bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:28, 06.11.2025.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик