Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Superligada chempionlik uchun intriga kuchaydi: «Neftchi» Buxoroda ochko yo‘qotdi

Superligada chempionlik uchun intriga kuchaydi: «Neftchi» Buxoroda ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Chempionlik sari yaqinlashib borayotgan "Neftchi" klubi Superliganing 28-turi doirasida mehmon sifatida «Buxoro»ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv ilk daqiqalaridanoq kuchli kurash muhitida o‘tdi. Har ikki jamoa hujumkor uslubda harakat qildi, ammo dastlabki bo‘limda gol qayd etilmadi.

13-daqiqada mezbonlar xavfli hujum uyushtirishdi, ammo zarba noaniq chiqdi. 26-daqiqada Ikrom Aliboyevning olis masofadan yo‘llagan zarbasi ozgina noaniq ketdi. 40-daqiqada Abror Ismoilov yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo uning zarbasini darvozabon qaytardi. Birinchi bo‘lim yakunida hisob 0:0 ko‘rinishida saqlanib qoldi.

Ikkinchi taym boshlanishi bilan farg‘onaliklar faollikni oshirishdi. 48-daqiqada Yovan Jokichning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi, bir necha daqiqadan so‘ng esa «Neftchi» hisobni ochdi. Vladimir Yovovichning aniq zarbasi jamoani oldinga olib chiqdi — 0:1.

Biroq 58-daqiqada mehmonlar tarkibida jiddiy yo‘qotish yuz berdi: Ikrom Aliboyev ikkinchi ogohlantiruvdan so‘ng maydondan chetlatildi. Shu paytdan boshlab farg‘onaliklar bir kishi kam bo‘lib harakat qilishdi.

Shunga qaramasdan, «Neftchi» himoyada jips o‘yin ko‘rsatdi, bir necha bor xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi. Ammo 82-daqiqada «Buxoro»ning bosimi o‘z samarasini berdi — Yasim Tomashevichning uzatmasidan so‘ng Dominik Begich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Uchrashuv so‘nggi daqiqalarida har ikki jamoa g‘alaba uchun harakat qildi, ammo hisob o‘zgarmadi.

Natijada chempionlik uchun kurash keskinlashdi. Lekin, hamon barcha narsa "Neftchi"ning qo‘lida. Jamoa qolgan 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonishi shart.

Superliga, 28-tur
«Buxoro» — «Neftchi» 1:1
7 noyabr, Buxoro. "Buxoro" akademiyasi stadioni
Gollar: Begich (82) — Yovovich (51)
Ogohlantirishlar: Marushich (31), Tomashevich (50)
Chetlatish: Aliboyev (58)
Hakam: Asker Najafaliyev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:18, 07.11.2025.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик