Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ispaniyada irqchilik haqoratlarining aksariyati Lamin Yamalga qaratilgan

Ispaniyada irqchilik haqoratlarining aksariyati Lamin Yamalga qaratilgan

Baho:
+ | -

Ispaniya irqchilik va millatlararo nafratni kuzatuv markazi (OBERAXE) hisobotiga ko‘ra, ispan ijtimoiy tarmoqlarida aniqlangan irqchilikka oid haqoratlarning 60 foizi “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalga qaratilgan. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yamal Ispaniyada irqchilikka eng ko‘p uchrayotgan futbolchi sifatida qayd etilmoqda. Uning nomiga yozilgan haqoratlar “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniornikidan qariyb ikki baravar ko‘p.

Ijtimoiy tarmoqlardagi bunday hujumlar Parijda o‘tgan “Oltin to‘p” marosimidan so‘ng yanada kuchaygan. O‘sha paytda ayrim foydalanuvchilar futbolchini “noqonuniy muhojir” deb haqorat qilgan. Mutaxassislarning fikricha, bu holatlar tasodifiy emas. Ular Ispaniyada etnik kelib chiqish, teri rangi va din asosidagi kamsitishlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Yamal Ispaniyada tug‘ilgan va ispan fuqaroligiga ega bo‘lsa-da, uning kelib chiqishi marokashlik bo‘lgani uchun hanuz unga nisbatan haqoratomuz munosabatlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 18 yoshli futbolchi “Barselona” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2032-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali vingerning qiymatini 200 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:09, 10.11.2025.
O'qildi: 1265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик