Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor — manba

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor — manba

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Okezone Bola nashrining xabar berishicha, 44 yoshli mutaxassis futbol mutaxassisi Effendi Gazali bilan suhbatda Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, agar Indoneziya futbol federasiyasi Temur Kapadzega rasmiy taklif yuborsa, uni qabul qilishga tayyor:

“Men Indoneziyani va u yerdagi futbol ishqibozlarini yaxshi ko‘raman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ko‘plab indoneziyalik muxlislar meni terma jamoani boshqarayotganimni ko‘rishni xohlashayotganini bildirishdi. Men kutyapman, agar rasmiy taklif bo‘lsa, uni qabul qilaman”, dedi Kapadze Gazali bilan suhbatda.

Shuningdek, Temur Kapadze O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida o‘ziga kelayotgan takliflar hamda qaysi jamoada faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassisga Qozog‘istondan hech qanday rasmiy taklif tushmagan. Biroq Kapadze Turkiya, Xitoy va Indoneziyada ishlashi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etmadi.

“Qozog‘istondan hech qanday taklif tushgani yo‘q. Ammo Indoneziya varianti ko‘rib chiqilmoqda. Qolaversa, qisqa ro‘yxatimizda Turkiya ham, Xitoy ham bor. Hozirda bu borada ish olib borilmoqda. Bu qanchalik amalga oshadi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha bu borada aniq bir narsa deyish qiyin. Balki O‘zbekistonda qolib, Superliga jamoalaridan birida ishlashim ham mumkin”, dedi Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadzening Indoneziya bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqidagi xabarlar ilgari ham tarqalgan. Jamoa 16 oktyabr kuni iste’foga chiqqan Patrik Klyuyvert o‘rniga yangi murabbiy qidirmoqda va da’vogarlar orasida Temur Kapadzening nomi ham tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Kapadze 2025-yilning yanvar oyidan 6 oktyabrga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan. Shu davrda u 9 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 tasida g‘alaba, 4 tasida esa durang qayd etgan. Keyinchalik Kapadze “oq bo‘rilar”ning amaldagi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga yordamchi bo‘lib faoliyat olib bordi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:25, 11.11.2025.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.