Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

“Manchester Yunayted” Kazemiro bilan yangi shartnoma imzolashda nega muammoga duch kelgani ma’lum bo‘ldi

“Manchester Yunayted” Kazemiro bilan yangi shartnoma imzolashda nega muammoga duch kelgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemironing amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchining mehnat kelishuvida bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘lib, u holda maosh o‘zgarmasdan qoladi.

Biroq klub rahbariyati Kazemironi saqlab qolishni xohlar ekan, uning ish haqini qisqartirish niyatida.

Jurnalist Fred Kaldeyra braziliyalik TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:

“Kazemironing maoshi juda katta. "Manchester Yunayted" uni kamaytirishni xohlayapti, ammo menimcha, Kazemiro buga rozi bo‘lmaydi. Nima bo‘lishini kutamiz.”

Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi haftasiga taxminan 390 ming yevro maosh oladi.

Hozirgi vaqtda “qizil iblislar” Premyer-liga jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Kazemironing kelajagi haqidagi qaror mavsum yakunlarida qabul qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:56, 12.11.2025.
O'qildi: 1326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик